Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Mudofaa vaziriga yana bir vazifa yuklandi

Mudofaa vaziriga yana bir vazifa yuklandi

Mudofaa vaziriga yana bir vazifa yuklandi: endi u O‘zbekiston o‘q otish sporti federasiyasini ham boshqaradi.

Bu haqda bugun, 23 dekabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida O‘zbekiston o‘q otish sporti federasiyasining navbatdan tashqari konferensiyasida ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda, jumladan, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur infratuzilma va qulay shart-sharoitlar yaratish, o‘q otish sport turini yurtimizda yanada rivojlantirish hamda mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirokini ta’minlash bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, kun tartibiga muvofiq, federasiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi, so‘ngra O‘q otish sporti federasiyasi raisi lavozimiga mudofaa vaziri general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov nomzodi taklif etilib, yig‘ilish delegatlari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Yig‘ilishda yangi saylangan federasiya raisi majlis ishtirokchilarini mamlakatda o‘q otish sport turini ommalashtirish va rivojlantirish yo‘lida kelgusida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi bilan tanishtirdi.

Kiritildi: 18:07 23.12.2024. O'qildi: 629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!