Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan askarlarga ta’lim krediti ajratiladi

 Muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan askarlarga ta’lim krediti ajratiladi

💸 Qarorga ko‘ra, 2027 yil 1 apreldan boshlab muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarga davlat organlari va tashkilotlariga ishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra o‘zlari to‘plagan ballning 10 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz beriladi.

💸 2026 yil 1 maydan boshlab askarlarni kasbga o‘qitishga jalb etilgan pedagoglarga mashg‘ulotlarni o‘tkazganlik uchun soatbay asosida ish haqi to‘lanadi.

❇️ 2026 yil 1 maydan muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan hamda xususiy sektorda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan yoshlarni, shuningdek, askarlarni harbiy qismlarda kasbga o‘qitish xarajatlarini Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan qoplab berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

📝 2026 yil 1 iyuldan muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan hamda oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan yoshlarga xorijiy til va fan sertifikati xarajatlarini “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan qoplab berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

📁 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab muddatli harbiy xizmatni o‘tash davrida oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan askarlarga qonunchilikda belgilangan tartibda o‘qishning birinchi yili uchun Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ta’lim krediti ajratiladi.

Kiritildi: Bugun 08:38. O'qildi: 188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!