Ijtimoiy tarmoqlarda Real Sanjik taxallusi bilan tanilgan Sanjar Karimovga oid jinoyat ishi sudga oshirildi. Jinoyat ishi JIB Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ko‘rib chiqiladi. Birinchi sud majlisi 10 aprel kuniga belgilandi.
Sanjar Karimov o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish (JKning 112-moddasi 1-qismi), juda ko‘p miqdorda firibgarlik (JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi) hamda narkojinoyatda (JKning 273-moddasi 2-qismi) ayblanmoqda.