Sport TV telekanali sharhlovchisi Otabek Jo‘rayev o‘zining telegram-kanalida futbol muxlislari uchun yaxshi yangilikni e’lon qildi.
"MTRK (Futbol TV va Sport TV) Zo‘r TV telekanali bilan birgalikda:
— U-17 o‘rtasidagi 2025 yildagi Jahon chempionati;
— 2026 yildagi Jahon chempionati
namoyish etish huquqini qo‘lga kiritdi!
Turnirlarning barcha uchrashuvlarini bizning telekanallarimizda jonli efirda kuzatishingiz mumkin!", - deb yozdi Otabek Jo‘rayev.