Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

MTRK rahbariyatida o‘zgarishlar kutilmoqda

MTRK rahbariyatida o‘zgarishlar kutilmoqda

Prezident administrasiyasi rahbarining OAV masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Farhod Mahmudov MTRKda ish boshlashi kutilmoqda.

Kun.uz manbasi ma’lum qilishicha, Farhod Mahmudov Xayrulla Nuritdinov o‘rniga MTRK raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanmoqda.

Muqaddam O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» telekanali bosh muharriri lavozimida ishlagan Farhod Mahmudov 2018 yildan OAV masalalari bo‘yicha prezident maslahatchisi o‘rinbosari bo‘lgan, 2019 yil sentyabridan esa prezident administrasiyasi rahbari o‘rinbosari sifatida ish boshlagandi.

MTRK rahbariyatida o‘zgarishlar kutilmoqda

Farhod Mahmudov Foto: «ProToday.uz»

O‘z navbatida, 2017 yil fevralidan buyon MTRK raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Xayrulla Nuritdinov «O‘zbekiston24» telekanali direktori lavozimiga o‘tkazilgan.

MTRK rahbariyatida o‘zgarishlar kutilmoqda

Xayrulla Nuritdinov

Kiritildi: 15:19 01.07.2020. O'qildi: 2201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!