Portlash Afg‘onistonning Balx viloyati markazi, mamlakat shimolida joylashgan Mozori Sharif shahridagi masjid yaqinida sodir bo‘ldi.
Bu haqda Etilaatroz nashri xabar bermoqda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, kamida bir kishi halok bo‘lgan, yana uch kishi yaralangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oldindan o‘rnatilgan portlovchi qurilmaning portlashi natijasida sodir bo‘lgan.