Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Mourinyo Turkiya chempionati haqida: Mavsum natijasi unga start berilmasidan oldin hal bo‘lgandi

Mourinyo Turkiya chempionati haqida: Mavsum natijasi unga start berilmasidan oldin hal bo‘lgandi

«Fenerbaxche» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Turkiya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan «Beshiktash»ga qarshi o‘yindagi (0:1) mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bugun maydonda g‘alabaga intilgan va imkoniyatlar yaratgan yagona jamoa bor edi. Biz bu mag‘lubiyatga munosib emasdik. VAR qarori, hakamlar qarori, En-Nesiriyga nisbatan penalti tayinlanmagani... Bular haqida gapirishdan charchadim. Menda hech qanday ta’sir kuchi yo‘q, hech narsa o‘zgarmaydi. Ammo haqiqat shunday. Ayrim futbolchilaringiz yaxshi o‘ynamaganida, bu butun jamoa o‘yiniga ta’sir qiladi. Mavsum natijasi unga hali start berilishidan hal bo‘lib bo‘lgandi. Biz uchun hal qiluvchi bo‘lgan o‘yinlar — o‘z maydonimizdagi mag‘lubiyatlar», — dedi Mourinyo.

«Fenerbaxche» Turkiya chempionati jadvalida 75 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam «Galatasaray»dan 8 ochkoga ortda qolmoqda. Chempionat tugashiga to‘rt tur qolgan.

Kiritildi: 11:38 05.05.2025. O'qildi: 864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!