Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Mossadning "puxta" operasiyasi: portlovchi moddalar Eronga chemodanlarda olib kirilgan

Mossadning "puxta" operasiyasi: portlovchi moddalar Eronga chemodanlarda olib kirilgan

The Washington Post nashri Isroil Eronga aviahujum uyushtirishdan oldin qanday qilib mamlakatning havo mudofaa tizimini va raketa qurilmalarini ishdan chiqarganini ochiqladi.

Manbalarning ma’lum qilishicha, Isroil bir necha oy mobaynida maxfiy ravishda Eronga yuzlab portlovchi moddalar bilan jihozlangan kvadrokopterlar uchun ehtiyot qismlarni — chemodanlar, yuk mashinalari va konteynerlar orqali olib kirgan. Shuningdek, masofadan boshqariladigan platformalar orqali ishga tushiriladigan o‘q-dorilar ham yuborilgan.

Joylardagi agentlar portlovchi qurilmalarni yig‘ib, ularni maxsus guruhlar o‘rtasida taqsimlashgan. Guruh rahbarlari uchinchi davlatlarda tayyorgarlikdan o‘tkazilgan, keyin esa ular o‘z jamoalarini o‘qitgan. Hujum boshlanishi bilan bu guruhlar Eronning havo mudofaa tizimlarini o‘chirgan va raketalarni ular ishga tushirilmasidan avval yo‘q qilgan.

Mossad tomonidan tayyorlangan ushbu operasiya Isroil aviasiyasi uchun tahdidlarni bartaraf etish va Eron raketalarini uchirilishidan oldin yo‘q qilish maqsadida o‘tkazilgan. Manbalarga ko‘ra, hujumning ilk soatlarida qurlikdan amalga oshirilgan zarbalar orqali o‘nlab Eron raketalari yo‘q qilingan.

Bu operasiyaga tayyorgarlik bir necha yil davom etgan. Isroil Eron raketalarni qayerda saqlayotganini yaxshi bilgan, ammo ularni masofadan turib nishonga olishning iloji bo‘lmagani uchun, portlovchi dronlar vositasida joyida yo‘q qilish strategiyasi ishlab chiqilgan.

Mossad shuningdek, Eronda raketalar soni, ularni tashish uchun mo‘ljallangan yuk mashinalari soniga nisbatan to‘rt barobar ko‘p ekanini aniqlagan — va bu himoya tizimining asosiy zaif joyi hisoblangan. Isroil agentlari bu yuk mashinalarining o‘nlabtasini ishdan chiqargan.

Shu kabi usul yaqinda Ukrainada ham ish berdi — u yerda konteynerlardan boshqarilgan dronlar Rossiya aerodromlariga zarba bergan edi.

Kiritildi: 14:10 15.06.2025. O'qildi: 967 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!