Bugun 5 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Moskvada Ukrainaning to‘rtta droni urib tushirildi

Moskvada Ukrainaning to‘rtta droni urib tushirildi

Rossiya Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa tizimi Moskva tomon uchayotgan to‘rtta Ukraina dronini urib tushirdi.

Bu haqda Moskva meri Sergey Sobyanin o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

"Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa kuchlari Moskva tomon uchayotgan dushmanning uchta uchuvchisiz uchoqlarini yo‘q qildi. Vayronalar bo‘lgan joyda favqulodda xizmatlar mutaxassislari ishlamoqda", — deb yozadi mer.

Keyinroq Moskva meri dushmanning yana bir dronini urib tushirgani haqida xabar berdi.

Kiritildi: 08:20 19.07.2025. O'qildi: 952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!