Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Moskvada rus generali portlash oqibatida halok bo‘ldi

A A A
Moskvada rus generali portlash oqibatida halok bo‘ldi

Igor Kirillov Rossiya armiyasi radiasiya, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i edi. U qo‘lbola portlovchi moslama sabab halok bo‘lgan.

Rossiya armiyasi radiasiya, kimyoviy va biologik himoya qo‘shinlari boshlig‘i general-leytenant Igor Kirillov oldindan o‘rnatilgan bomba portlashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya OAVlari huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga asoslanib xabar berdi. Rossiya tergov qo‘mitasi ham hodisani tasdiqladi.

General Kirillov bilan birga uning yordamchisi ham halok bo‘lgan.

Ularning o‘limi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atganini e’lon qildi.

General va uning yordamchisi Moskva sharqidagi Ryazanskiy prospektidagi uyning kirish qismiga o‘rnatilgan qo‘lbola qurilmaning portlashi oqibatida halok bo‘lgan.

Hozircha portlash aybdorlari haqida ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 12:02 17.12.2024. O'qildi: 3373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!