Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Moskvada Qurbon hayiti namozini 250 mingdan ortiq musulmon ado etdi

Moskvada Qurbon hayiti namozini 250 mingdan ortiq musulmon ado etdi

Moskva masjidlarida Qurbon hayiti namozini 250 mingdan ortiq musulmon ado etdi.

Moskva masjidlarida 250 mingdan ortiq, Moskva viloyatida esa 150 mingdan ortiq musulmon Qurbon hayiti namozini ado etishdi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisining o‘rinbosari Rushan Abbyasov ma’lum qildi.

"Moskva polisiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bunday kunlarda vaqtinchalik namozgoh sifatida foydalaniladigan Moskva masjidlari va yaqin atrofdagi hududlarga 250 mingdan ortiq islom diniga e’tiqod qiluvchilar keldi. Moskva viloyatida bu ko‘rsatkich 150 ming dindordan oshdi", — dedi Abbyasov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha jamoaviy namozlar uyushqoqlik bilan o‘tkazildi va hech qanday salbiy voqealar sodir bo‘lmadi.

“Biz polisiya xodimlariga, poytaxt va Moskva viloyati hokimiyatiga, minglab ko‘ngillilarga amalga oshirilgan katta ishlar uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz”, — dedi Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasi vakili.

Kiritildi: 23:39 09.07.2022. O'qildi: 3532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!