2025 yilning 1 yanvaridan boshlab Moskva viloyati hokimiyati xorijiy fuqarolarning bir qancha sohalarda, jumladan alkogol va tamaki savdosi, ko‘cha ovqatlari, ijtimoiy xizmatlar, sport, madaniyat, hordiq chiqarish, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida patent bo‘yicha ishlashini taqiqlaydi.
Viloyat hukumati raisining o‘rinbosari Natalya Maslenkina bu qarorni migrantlar ishlayotgan savdo tarmoqlarida «iste’molchilarning shikoyatlari ko‘payishi» bilan izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy etilgan cheklovlar «potensial mojarolarni minimallashtirish»ga yordam beradi.
🗣 "Hozirda Moskva viloyatida alkogol, pivo va tamaki sotadigan chakana savdo do‘konlarida ularni jalb qilishning maqbul chegarasi (15 foiz) mavjud. Biz patentlar ustida ishlashni to‘liq taqiqlagan 22 mintaqaga qo‘shilishni istaymiz”, dedi u.
💱 Taqiq joriy qilinganidan keyin patent bo‘yicha ishlayotgan 5,6 mingga yaqin migrant almashtiriladi. Maslenkinaning so‘zlariga ko‘ra, ularning o‘rnini rossiyaliklar va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (EOII) a’zo davlatlar: Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston fuqarolari egallashi mumkin.