Moskvada jinsiy qullikda ushlab kelinayotgan 3 nafar o‘zbek ayoli aniqlangan, ular 18, 20 va 30 yoshli bo‘lishgan.
Gap nimada?
18 yoshli qiz qullikdan qochishga erishgan va polisiyaga murojaat qilgan. Aytishicha, uni bir necha oy qullikda saqlashgan va fohishalik qilishga majburlashgan.
Bu qiz 2019 yil boshida dugonasining taklifi bilan sotuvchilik qilish uchun Rossiya poytaxtiga borgani aytiladi. Lekin uni aldashgan va pul evaziga intim xizmatlar ko‘rsatishga majburlashgan.
2 oydan keyin qiz qochib ketgan, biroq qo‘shmachilar uni topib, yana "xizmat"ga qaytarishgan, kaltaklashgan va bu safar tekinga fohishalik qilishga undashgan. Jabrlanuvchi yana qochib ketishga erishgan.
Polisiya uning arizasiga binoan kerakli manzilga borganda 20 va 30 yoshli boshqa o‘zbek ayollari ham borligi aniqlangan. Hozir tekshiruv ishlari olib borilyapti.