Moskva merligi press-relizida aytilishicha, ushbu qaror poytaxt aksilterror komissiyasining nizomiga asosan qabul qilingan. Bu chora jamoat xavfsizligini ta’minlash zarurati bilan tushuntirilmoqda.
Qoidabuzarlarga 3 mingdan 5 ming rublgacha (tahminan 426 mingdan 710 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga 30 mingdan 50 ming rublgacha (4 mln 260 mingdan 7 mln 100 ming so‘mgacha), kompaniyalarga esa 200 ming rublgacha (28 mln 400 ming so‘m) jarima solinishi mumkin.
Cheklovlar Rossiya Mudofaa vazirligi, shuningdek, Moskva merligi tomonidan e’lon qilinadigan ma’lumotlarga taalluqli bo‘lmaydi.