Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Moskva va Pekin Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni qo‘llab-quvvatladi

Moskva va Pekin Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni qo‘llab-quvvatladi

Rossiya, Xitoy, Pokiston va Jazoir BMT Xavfsizlik Kengashining Tehronga qarshi sanksiyalarni tiklash bo‘yicha yig‘ilishida Eronga nisbatan ilgari qabul qilingan sanksiyalarining bekor qilinishini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar berdi Rossiya TIV.

"19 sentyabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashining yig‘ilishida Rossiya Xitoy, Jazoir va Pokiston bilan birgalikda Eron Islom Respublikasiga nisbatan ilgari qabul qilingan sanksiya rezolyusiyalarini bekor qilishni davom ettirish tarafdori ekanini qat’iy bildirdi", - deyiladi xabarda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, Yevropaning ayrim davlatlari Eronga qarshi sanksiyalar rejimini bekor qilishga qarshi chiqqan.

"Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lmagan ayrim Yevropa davlatlari o‘zlarining nomaqbul pozisiyalariga boshqalarni ham bo‘ysunishga majbur qilishga urinmoqda", — deyiladi hisobotda.

19 sentyabr kuni BMT Xavfsizlik kengashi Eronga qarshi sanksiyalarni to‘xtatish haqidagi rezolyusiyani rad etdi. Bu 27 sentyabrdan keyin BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan amalga oshirilishi kutilayotgan cheklovlarning qayta tiklanishiga olib keladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi qayd etishiga ko‘ra, BMT Xavfsizlik Kengashiga taqdim etilgan "Sanksiyalarni amalga oshirishni olti oyga texnik kechiktirish" to‘g‘risidagi Rossiya-Xitoy rezolyusiyasi — Eron va MAGATE o‘rtasida Qohirada 9 sentyabr kuni erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish uchun real imkoniyat yaratadi.

Kiritildi: 22:45 20.09.2025. O'qildi: 1092 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!