Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Moskva Eron uranini Rossiyada AES yoqilg‘isiga aylantirishni taklif qildi

Moskva Eron uranini Rossiyada AES yoqilg‘isiga aylantirishni taklif qildi

Rossiya Erondan boyitilgan uranni olib chiqib, uni atom reaktorlari uchun yoqilg‘i sifatida qayta ishlashni taklif qilmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qildi.

“Bu win-win, ya’ni barcha tomonlar uchun maqbul variant deb ataladi”, — dedi Ryabkov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha bu taklifga talab yo‘q, ammo Moskva muzokaralar ishtirokchilari ushbu mavzuga qaytadi deb umid qilmoqda. Rossiya Eron uranini o‘z hududiga olib chiqib, keyin uni atom reaktorlari uchun yoqilg‘i sifatida qayta ishlashni taklif etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Eron urani masalasi Tehron yadroviy dasturi atrofidagi bahslarning asosiy nuqtalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

AQSh Erondagi yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralari mamlakat yadroviy qurol yaratish imkoniyati haqidagi xavotirlarni kuchaytiradi deb hisoblaydi. Eron esa yadroviy dasturi tinch maqsadlarga qaratilganini ta’kidlab keladi.

G‘arb matbuotiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp Erondan taxminan 450 kg boyitilgan uranni mamlakat hududidan chiqarish yoki yo‘q qilishni talab qilmoqda.

Rossiya, Xitoy va yana bir qator davlatlar bu uranni Erondan olib chiqish variantlarini taklif qilgan.

Kiritildi: Bugun 15:51. O'qildi: 332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!