Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Moskva aeroportlarida 370 dan ortiq reys kechiktirildi yoki bekor qilindi

Moskva aeroportlarida 370 dan ortiq reys kechiktirildi yoki bekor qilindi

Moskva aeroportlarida tungi dronlar hujumidan keyin 370 dan ortiq aviareys kechiktirildi yoki bekor qilindi. Bu dronlar xavfi tufayli havo hududi vaqtincha cheklangani bilan bog‘liq.

Eng ko‘p Sheremetevo aeroportida reyslar jadvali buzilgan: 104 ta reys kechiktirilgan, 135 tasi bekor qilingan. Ayrim samolyotlar zaxira aerodromlariga yo‘naltirilgan.

Moskva meri Sergey Sobyaninning aytishicha, tunda shaharga yaqinlashish yo‘lida 134 ta dron urib tushirilgan.

Avvalroq, Ukraina dronlari yana Moskva va Sankt-Peterburgdagi aeroportlar faoliyatini to‘xtatib qo‘ygani haqida xabar bergan edik.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!