Moskva markazida noma’lum shaxslar bank yaqinida otishma sodir etdi. Bu haqda 17 noyabr kuni "112" Telegram kanali xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi jarohatlangan. Jami sakkizta o‘q uzilgan. Otishma sodir bo‘lganidan keyin erkaklar katta miqdordagi pulni olib, mashinada qochib ketishgan.
Moskva shahrida "Qo‘lga olish" rejasi e’lon qilindi.