Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Moldova Ozarbayjondan Ruminiya orqali gaz olishni kutmoqda

Moldova Ozarbayjondan Ruminiya orqali gaz olishni kutmoqda

Kishinyov bunga Ozarbayjon SOCAR va Ruminiyaning Romgaz kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnoma tufayli erishmoqchi.

«Ushbu kelishuvga ko‘ra, Ozarbayjon gazi Turkiya orqali Trans-Balqon gaz quvuriga va Ruminiyaga boradi. Bu Moldovaga ham uni sotib olish imkonini beradi», dedi Moldova parlamenti spikeri Igor Grosu TVR Moldova telekanalida.

▪️ Ruminiyadan Moldovaga gazni 2014 yilda qurilgan va shu yillar davomida ishlatilmagan Yassi-Ungeni quvuri orqali yetkazib berish rejalashtirilgan.

Gaz quvurining o‘tkazish quvvati yiliga 1,5 milliard kub metrni tashkil etadi, respublikada esa 3 milliard kub metrgacha gaz iste’mol qilinadi.

▪️ Agar gazning narxi qulay bo‘lsa, Moldova uni qo‘shni davlatlarning yer osti omborlariga quya oladi, chunki uning o‘zi yo‘q, dedi Grosu.

Kiritildi: 11:05 04.02.2023. O'qildi: 1427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!