Boylik insonning o‘z ehtiyojidan va oilasi ehtiyojidan ortiq pul, maskan, ulov, asbob-anjom va turli ne’matlarga ega bo‘lishidir. U kambag‘allikning ziddidir.
Mol so‘zi arabcha mola-yamiylu fe’lining o‘zagi bo‘lib, qiymatga ega va ko‘ngil mayli tortadigan narsani anglatadi.
Ko‘ngil mayli tortadigan qimmatli narsalarning hammasi - pul, tilla, kumush, ko‘chmas va ko‘char mulk va boshqalar mol deyilaveradi. Bu narsalar ko‘ngil tortishi, ishtaha qilishi deyiladi. Ishtaha esa shahvat ma’nosini anglatadi. Shuning uchun Qur’oni karimda bunday narsalarning barchasi shahvatlar deb atalgan.
Alloh taolo Oli Imron surasida marhamat qiladi:
Odamlarga ayollardan, farzandlardan, to‘p to‘p tilla va kumushdan, boqilgan otlardan, chorvalardan, eski-tikindan iborat shahvatlarning muhabbati chiroyli ko‘rsatildi. Bular dunyo hayotining matohidir. Va Alloh - huzurida go‘zal qaytar joy bor Zotdir (14-oyat).
Alloh taolo Jum’a surasida marhamat qiladi:
Bas, namoz tugaganidan so‘ng yer yuzi bo‘ylab tarqaling va Allohning fazlidan talab qiling hamda Allohni ko‘p zikr qiling. Shoyadki, zafar topsangiz (10-oyat).
Namozdan keyin kim savdosiga, kim kasal ko‘rgani, kim ilm talabiga va hokazo-hamma o‘z ishiga qaytishi mumkin.
...va Allohning fazlidan talab qiling...
Allohning fazlini talab qilish davomida dunyoga haddan tashqari berilib ketib, yo‘ldan adashish ham mumkin. Shuning uchun oyatning oxirida:
...hamda Allohni ko‘p zikr qiling. Shoyadki, zafar topsangiz , deyilmoqda.
Mol-dunyoga muhabbat qo‘yish insonning tabiatida bor. Bu muhabbat bo‘lmasa, dunyo obod bo‘lmaydi.
Alloh taolo Fajr surasida marhamat qiladi:
Va molni ko‘p yaxshi ko‘rasizlar (20-oyat).
Islom inson mol jamlash orqali erishadigan turli foydalarni inkor qilmaydi. Balki Qur’oni karim bir necha o‘rinda molni xayr - yaxshilik deb atagan.
Mol jamlash odoblariga rioya qilish.
Mol Alloh taolonikidir.
Alloh taoloning roziligi uchun mol ne’matiga shukr keltirish shartdir.
Mulkdor bo‘lish og‘ir mas’uliyatdir.
Mol-dunyo topish yo‘llariga va manbalariga ahamiyat berish o‘ta zarurdir.
Molu dunyo va boylik odoblaridan biri oila a’zolari va qaramog‘idagilarga nisbatan qizg‘anchiq bo‘lmaslikdir.
Davlatmand kishilarning ziynati saxiylik va yaxshilik qilishdir.
Mol-mulk egasi zimmasida ado etilishi zarur bo‘lgan ko‘p haqlar bor.
Mol-dunyoda Alloh taoloning bir qancha haqqi bor:
Ha, Islom mol-mulkka shunday nazar bilan qaraydi. Musulmonlardan har biri qo‘lidagi molning muhofazasini jamoa a’zolariga topshiradi.
Manba: muslim.uz