"Real"ning 39 yoshli yarim himoyachisi va sardori Luka Modrich "Leganes" bilan Ispaniya kubogi chorak final uchrashuvida (2:3) "qaymoqranglilar" vingeri Vinisius Juniorga o‘z shikoyatlarini bildirdi. Bu haqda «Marca» xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, xorvatiyalik futbolchi hisob 2:2 vaqtida raqiblar "Real" darvozasi yaqinida burchak to‘pini amalga oshirgan epizodda himoyada yaxshi ishlamagani uchun Vinisiusga tanbeh bergan. 24 yoshli hujumchi Modrichning so‘zlariga e’tiroz bildirdi, shundan so‘ng Luka Vinisiusga ovozini ko‘tardi. Xorvatiyalik yarim himoyachidan tashqari braziliyalik futbolchiga "los-blankos" yarim himoyachisi Federiko Valverde ham tanbeh berdi.
Ta’kidlanishicha, Vinisius "Real"ning g‘alaba golini nishonlamagan, 90+3-daqiqada gol urgan va final hushtagi yangraganidan so‘ng darhol kiyim almashtirish xonasiga yo‘l olgan.