Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Modrich "Real" safidagi 500-o‘yinini o‘tkazdi

Modrich "Real" safidagi 500-o‘yinini o‘tkazdi

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich bugun, 28 oktyabr kuni “Barselona”ga qarshi (2:1) La Liganing 11-turida Madrid klubi safidagi 500-uchrashuvini o‘tkazdi.

38 yoshli xorvatiyalik futbolchi 63-daqiqada 0:1 hisobi vaqtida zaxiradan maydonga tushdi va 90+2-daqiqada g‘alaba golini urgan Bellingemga assistentlik qildi.

Luka "Real"ga 2012 yil avgustida "Tottenxem"dan o‘tgan edi. Jamoa bilan birga 5 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, 3 marta La Liga va ikki marta Ispaniya kubogini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, u "Los Blankos" safida Ispaniya Superkubogida "Barselona"ga qarshi debyut o‘yinini o‘tkazgandi.

Modrich madridliklar safida 34 ta gol va 65 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 10:31 29.10.2023. O'qildi: 1211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!