Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Modrich: "Men uchun Krishtianu tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri"

Modrich: "Men uchun Krishtianu tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri"

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich sobiq jamoadoshi, hozirda Saudiya Arabistonida “An-Nasr”da to‘p surayotgan Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

“Men uchun Krishtianu tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri. U o‘zining tartibli mehnati tufayli o‘ziga xosdir. Ronaldu maksimalist. Kuboklar unga hech qachon yetmaydi, u ko‘proq narsaga intiladi. Bu yigit ko‘plab rekordlar va mukofotlarga qaramay, dam olishga e’tibor bermaydi. U o‘yinlarga aql bovar qilmaydigan munosabatda”, - dedi xorvatiyalik futbolchi.

Ronaldu 2023 yil boshida "An-Nasr" bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi. 38 yoshli portugaliyalik ushbu mavsumda Saudiya Arabistonida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi.

Kiritildi: 14:38 16.03.2023. O'qildi: 1280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!