Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Mitinlar bo‘lib o‘tayotgan Istanbulda ijtimoiy tarmoqlar yaxshi ishlamayapti

Mitinlar bo‘lib o‘tayotgan Istanbulda ijtimoiy tarmoqlar yaxshi ishlamayapti

Turkiyada X, YouTube, Instagram, Facebook, TikTok va WhatsApp kabi mashhur onlayn platformalarga kirishda uzilish davom etmoqda.

Bu haqda xorijiy OAVlari xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kirish bilan bog‘liq muammolar yakshanba kuni 20:45 GMTda boshlangan, platformalarning o‘tkazish qobiliyati cheklangan.

Qayd etilishicha, cheklovlar Respublika Xalq partiyasi Istanbuldagi bosh qarorgohi atrofida polisiya barrikadalari o‘rnatilganiga javoban mitinglarga chaqirganidan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan.

Bloklash qarorlarini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan Turkiya Internet provayderlari ittifoqi hozircha rasmiy izoh bermadi.

Kiritildi: 14:45 08.09.2025. O'qildi: 805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!