Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Misrda Saloh "niqobli" jinoyatchilar qo‘lga olindi

Misrda Saloh "niqobli" jinoyatchilar qo‘lga olindi

Misr polisiyasi «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohning niqobidan foydalanib, do‘konni o‘marmoqchi bo‘lgan jinoyatchilarni qo‘lga oldi.

Goal xabariga ko‘ra, 4 nafar shaxs Qohiradagi do‘konda o‘g‘irlik qilmoqchi bo‘lganida ushlangan. Ulardan qurol va armatura qaychilari olib qo‘yilgan.

Muhammad Saloh Misrning eng mashhur va obro‘li shaxslaridan hisoblanadi. 

27 yoshli futbolchi bu mavsumda «Liverpul» tarkibida barcha musobaqalarda 40ta o‘yinda maydonga tushib, 20ta gol urgan va 9ta golga hammualliflik qilgan.

Kiritildi: 12:27 21.05.2020. O'qildi: 2532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!