Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Misrda kattaligi 70 ta futbol maydoniga teng bo‘lgan muzey ochildi — OAV

Misrda kattaligi 70 ta futbol maydoniga teng bo‘lgan muzey ochildi — OAV

Mahalliy nashrlarning xabar barishicha, bu Misrning so‘nggi o‘n yilliklardagi eng ulkan madaniy loyihasi hisoblanadi. Qohira chetidagi Giza ehromlari yaqinida umumiy maydoni taxminan 500 ming kvadrat/metr (70 ta futbol maydoniga teng) bo‘lgan muzey binosi joylashgan. Bu yerda Misr tarixining yetti ming yillik davrini – fir’avnlar, yunon va rim zamonlarini aks ettiruvchi 100 mingdan ortiq tarixiy eksponatlar mavjud.

Doimiy ko‘rgazmaning eng nodir namunasi – Tutanxamon maqbarasidan topilgan 5000 dan ortiq ashyolar to‘plami bo‘lib, ular orasida fir’avnning oltin sarkofagi ham bor.

Kiritildi: 18:28 02.11.2025. O'qildi: 1116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!