Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Misrda Fir’avn Userkaf o‘g‘lining qabri topildi

Misrda Fir’avn Userkaf o‘g‘lining qabri topildi

Misr poytaxti Qohira janubidagi Saqqara hududida olib borilgan qazishma chog‘ida arxeologlar Fir’avn Userkafning o‘g‘liga tegishli dahma va fir’avn Joser haykalini topdi. Bu haqda mamlakat Turizm va qadimiy ashyolar vazirligi mahdum qildi.

– Qadimshunoslik missiyasi Misr 5-sulolasi ilk hukmdori, fir’avn Userkafning o‘g‘li – Shahzoda Vaser-if-re qabrini topdi, – deyilgan vazirlik bayonotida.

Qidiruv davomida yer ostidan pushti granitdan yasalgan ulkan eshik ham chiqqan. Qayd etilishicha, topilmaning balandligi 4,5 metr, kengligi esa 1,15 metr.

Qadimiy ashyolar oliy kengashi bosh kotibi Muhammad Ismoil Xolid so‘zlariga ko‘ra, bunday o‘lchamdagi eshik birinchi marta uchragan.

Taniqli qadimshunos Zahi Havas aytishicha, missiya qabr ichidan Uchinchi sulola asoschisi, fir’avn Joser, uning rafiqasi va o‘n nafar qizi haykalini ham topgan.

Tadqiqot ko‘rsatdiki, dastlab Joser zinapoyasi ehromi yonidagi xonada joylashgan bu haykallar Qadimgi Misr tarixining keyingi davrlarida Vaser-if-re qabriga ko‘chirilgan.

Sakkara arxeologiya majmuasidagi qadimiy nekropolning ilk dafn marosimlari fir’avnlarning 1-sulolasi davri – miloddan avvalgi 31-29 asrlarga to‘g‘ri keladi. Hududdagi eng mashhur yodgorlik – Qadimgi Joserning zinapoyali ehromi Misr tarixidagi birinchi piramida hisoblangan.

Kiritildi: 09:16 23.04.2025. O'qildi: 903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!