Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi 2030 yilda, amaldagi prezidentlik muddati tugagach, lavozimini tark etishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
«Misr Konstitusiyasi daxlsiz. Kelgusi davr, ya’ni 2030 yil mening prezidentlik muddatim tugashini belgilaydi. Bu masala aniq hal qilingan va muhokama qilinmaydi», — dedi as-Sisi.
Abdulfattoh as-Sisi 2014 yildan beri Misrni boshqarib kelmoqda. U 2018 yilda ikkinchi muddatga qayta saylangan. 2019 yilda o‘tkazilgan referendum natijasida esa prezidentlik muddatini to‘rt yildan olti yilga uzaytirish va as-Sisiga yana bir muddatga nomzodini qo‘yish imkonini berish ko‘zda tutilgan konstitusiyaviy o‘zgarishlar ma’qullangan.