Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Misr arabcha NATOga o‘xshash harbiy ittifoq tuzish uchun ittifoqchilar qidirmoqda

A A A
Misr arabcha NATOga o‘xshash harbiy ittifoq tuzish uchun ittifoqchilar qidirmoqda

Misr NATOga o‘xshash, biror davlatga hujum qilinganda uni himoya qiladigan arab harbiy ittifoqini tuzish uchun arab mamlakatlarining qo‘llab-quvvatlashini kutayotgani haqida The Times of Israel xabar berdi.

Bu tashabbus ilk bor 9 yil oldin ilgari surilgan edi. Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi arab-islom sammiti arafasida o‘tkazilgan yuqori darajali uchrashuvlarda bu g‘oyani yana bir bor qo‘llab-quvvatladi.

🔹 Hozirda Qohira yangi harbiy blokning ustavi va faoliyat mexanizmini tayyorlamoqda. Armiya soni har bir mamlakatning aholisi va harbiy salohiyatidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.

🔹 Misr ushbu harbiy ittifoqqa 20 ming harbiy ajratishni taklif qilmoqda va unda yetakchi rolni o‘ynashni xohlamoqda. Saudiya Arabistoniga ikkinchi o‘rin, Fors ko‘rfazining biror davlatiga esa uchinchi o‘rin berilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 17:55 15.09.2025. O'qildi: 1442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!