Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra Farg‘onada hokim, Qashqadaryoda prokuror va boshqa mansabdorlar ishdan ketdi

Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra Farg‘onada hokim, Qashqadaryoda prokuror va boshqa mansabdorlar ishdan ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi va Vazirlar Mahkamasi bu borada rasman AXBOROT e’lon qildi.

Ma’lumki, respublikamizning qator hududlarida eski bino va imoratlarni rekonstruksiya qilish, hududlarni obodonlashtirish, olis qishloq va tumanlar qiyofasini o‘zgartirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ayrim viloyatlar rahbarlari va mas’ul shaxslari tomonidan ko‘chmas mulk ob’ektlarini buzish va yer uchastkalarini olib qo‘yish bilan bog‘liq fuqarolar va tadbirkorlarning mulkiy huquqlari qo‘pol ravishda buzilishi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan yo‘l qo‘ygan xatolari va qurilish ishlarini amalga oshirishda aholi va mulk egalari bilan kelishilgan tadbirlarni amalga oshirmagani uchun Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyati xokimlari faoliyati keskin tanqid qilindi.

Ro‘y bergan hodisalar doirasida bino va imoratlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatini yanada mustahkamlanishini ta’minlash, aholining farovon turmush kechirishi uchun zarur sharoitlar yaratish, buzish va keltirilgan zararlarni qoplash mexanizmlarini tartibga solish maqsadida joriy yilning 3 avgust kuni Prezidentimizning 2019 yil 3 avgust kuni «Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining mulk huquqi kafolatlanishini so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoyishi qabul qilindi.

Mazkur farmoyish bilan Bosh vazir rahbarligida bir oy muddatda yer uchastkalarini olib qo‘yish va mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibini belgilovchi hukumat qarori qabul qilinguniga qadar amal qiladigan tegishli joylashtirish ishlarini amalga oshirish tartibi tasdiqlandi.

Bosh vazir o‘rinbosari rahbarligida Respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi tuzilib, u ikki hafta davomida respublika bo‘yicha fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlariga yetkazilgan zarar miqdorini xatlovdan o‘tkazadi, bozor narxidan kelib chiqqan holda uning real bahosini belgilaydi, shuningdek aholi oldidagi qarzdorlikni uzishning aniq manbalarini belgilab beradi.

Joylarga chiqqan holda vaziyatni o‘rganish, shuningdek respublikamizning ayrim hududlarida qonunga xilof hatti-harakatlar va mansabdor shaxslarning o‘zboshimchaliklari oqibatlari tahlili natijalari aniq takliflar bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga kiritildi.

Shu bilan bir qatorda Prezidentimiz topshirig‘iga muvofiq yo‘l qo‘ygan qo‘pol xatolari va mansab vakolatlarini suiste’mol qilgani uchun Farg‘ona viloyati Rishton tumani hokimi, iqtisodiyot va qurilish masalalari bo‘yicha xokim o‘rinbosarlari, xokim va uning qurilish bo‘yicha o‘rinbosari, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani prokurori va Urganch shahar hokimi o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Qoplanishi kerak bo‘lgan zarar hajmi, jabr ko‘rgan aholini moddiy va ma’naviy jihatdan to‘liq qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlashni hisobga olgan holda viloyat xokimlari va boshqa mas’ul shaxslarning darhol egallab turgan lavozimidan ozod etilishi ular uchun vaziyatdan chiqishning eng oson yo‘li bo‘lib, bu borada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar uchun mas’uliyat va mavjud qiyinchiliklar ularning ishini davom ettiruvchilarga yuklanadi.

Shu munosabat bilan, davlatimiz rahbari tomonidan tegishli hududlar rahbarlarining joylarda ular tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tuzatish, fuqarolarning mulkiy huquqlari va ularning hukumatga ishonchini to‘liq tiklash bo‘yicha ishlarda shaxsan ishtirok etishi maqsadga muvofiq ekanligi to‘g‘risidagi taklik qo‘llab-quvvatlandi.

Yil yakunlari bo‘yicha barcha viloyatlar, jumladan Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, joylarda yuz yuzaga kelgan vaziyatni o‘nglash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi baholanadi.

Kiritildi: 09:47 09.08.2019. O'qildi: 9043 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!