Bugun 27 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Mirzayeyov: "Biz strategik maqsadga erishdik"

Mirzayeyov: "Biz strategik maqsadga erishdik"

"Bundan 8 yil muqaddam biz ushbu yuksak minbardan turib, Markaziy Osiyoni tinchlik, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik makoniga aylantirishga qat’iy qaror qilganimizni e’lon qilgan edik.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 80-sessiyasining umumiy munozaralarida nutq so‘zladi.

Bugun chuqur mamnuniyat bilan ta’kidlash mumkin: biz bu strategik maqsadga erishdik. Yopiq chegaralar, hal etilmagan bahs va nizolar davri tarixda qoldi" - dedi O‘zbekiston Prezidenti.

So‘nggi yillarda mintaqamizda o‘zaro savdo, investisiyalar va transport tashuvlari hajmi besh barobargacha ko‘paydi. Qo‘shma investisiya jamg‘armalari, chegara hududlarida savdo va sanoat zonalari tashkil etildi, yirik infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda.

"Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Maslahat uchrashuvlari mintaqaviy integrasiyani chuqurlashtirish yo‘lida samarali mexanizmga aylanganini ham umumiy yutug‘imiz sifatida e’tirof etamiz.

Shuni qat’iy ishonch bilan aytishim mumkinki, bugungi kunda Yangi Markaziy Osiyoni shakllantirish jarayoni boshlandi.

Mintaqamiz o‘zining hamjihatligi, barqarorligi, o‘ziga xosligi bilan xalqaro munosabatlar tizimida alohida sub’ekt sifatida tobora mustahkam o‘rin egallamoqda" - dedi davlatimiz rahbari.

Kiritildi: 09:15 24.09.2025. O'qildi: 706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!