Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan N.G. fuqaro T.X.ga 3 700 AQSh dollarini 46,9 so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida 3 338 AQSh dollari, 570 rossiya rubli, 6 200 qozoq tengesi, 100 EURO va 22 mln so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Xatirchi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Q.Q. fuqaro N.SH.ga 3 600 AQSh dollarini 45,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Baxmal tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro SH.I. fuqaro M.X.ga 3 500 AQSh dollarini 44,6 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.