Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Mirobod tumanida sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotuvga qo‘ygan dorixona fosh etildi

Mirobod tumanida sifati kafolatlanmagan dori vositalarini sotuvga qo‘ygan dorixona fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “T.Ph.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi fuqaroga kirim hujjati bo‘lmagan “Aktovegin” nomli dori vositasini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan realizasiya qilish maqsadida saqlab kelingan umumiy bahosi 264,2 mln so‘mlik 397 turdagi sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:39 29.07.2025. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!