Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba

КИР

“Mingo‘rik – Chilonzor buyum bozori” metro yo‘nalishi qurilishi o‘rganilmoqda

“Mingo‘rik – Chilonzor buyum bozori” metro yo‘nalishi qurilishi o‘rganilmoqda

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimotda ma’lum bo‘ldi.

“Mingo‘rik – Chilonzor buyum bozori” metropoliten liniyasi bo‘yicha loyiha baholash hujjatlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda “Mingo‘rik – Janubiy vokzal” yo‘nalishi, ikkinchi bosqichda esa “Janubiy vokzal – Chilonzor buyum bozori” yo‘nalishini qurish imkoniyatlari o‘rganiladi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, yo‘lovchilar xavfsizligini oshirish maqsadida “Shahriston” metro bekati platformalarida sinov tariqasida oynali himoya to‘siqlarini o‘rnatish taklif etildi.

Kiritildi: Bugun 07:03. O'qildi: 228 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!