Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Milliy gvardiya Xorazmda qo‘li qonga belangan erkakka duch keldi (FOTO)

Milliy gvardiya Xorazmda qo‘li qonga belangan erkakka duch keldi (FOTO)

Joriy yilning 9 avgust kuni soat 8.20 lar chamasi Xorazm viloyati Urganch shahar bo‘ylab jamoat tartibini saqlash uchun patrullik xizmatiga jalb qilingan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari  xizmat yo‘nalishida bo‘lgan Xonqo ko‘chasida bir fuqaroning yo‘l chekkasida o‘tirgani va qo‘li qonga belanganini ko‘rib qolib unga zudlik bilan birlamchi yordam ko‘rsatgan holda, tez tibbiy yordam moshinasi orqali shifoxonaga olib borishgan.

Milliy gvardiya Xorazmda qo‘li qonga botgan erkakka duch keldi (FOTO)

O‘rganish ishlari natijasida ushbu fuqaro Urganch shahri Namangan ko‘chasida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan L.A. ekanligi aniqlanib, qo‘l tomirini o‘zi kesganligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Urganch shahar IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:48 10.08.2020. O'qildi: 9270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!