Rossiyaga qarshi sanksiyalar munosabati bilan Yevropa Ittifoqi Kengashiga nisbatan tuhmat bo‘yicha birinchi da’vo qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Euronews.
Usmonovning manfaatlarini himoya qiluvchi mediayurist Yoaxim Shtaynxofel ushbu ma’lumotni RBKga tasdiqladi.
Telekanal xabariga ko‘ra, da’vo rossiyalik milliarder Alisher Usmonov tomonidan qo‘zg‘atilgan.
"Evroittifoq sanksiyalarni joriy etishda faktlar o‘rniga turli nashrlardagi tasdiqlanmagan maqolalarga tayanadi. Bu nashrlardagi asosiy da’volar Yevropa sudida asossiz deb topilgan, yuzlab maqolalar esa o‘chirib tashlangan yoki tuzatilgan", — deya ta’kidladi Usmonovning advokati.
"YEI kengashi janob Usmonovning shaxsiy huquqlarini buzmoqda va uning obro‘siga zarar yetkazmoqda. Qonun ustuvorligi tamoyiliga asoslangan demokratik jamiyatda hech kim - na davlat, na Yevropa Ittifoqi qonundan ustun bo‘lmasligi lozim. Men bu ish bilan ham huquqshunos, ham fuqaro sifatida shug‘ullanmoqdaman: Konstitusiya davlat hokimiyati tomonidan huquqlari cheklangan har qanday shaxsning sudga murojaat qilish huquqini kafolatlaydi. Chet el fuqarosini bu huquqlardan mahrum etish qonun ustuvorligi, Konstitusiyamiz va demokratiyamizga putur yetkazadi," - deya ta’kidladi Shtaynxofel RBKga.