Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Millatlar ligasi. Ispaniya terma jamoasi Chexiyani mag‘lub etdi, Yamal gol urdi (videosharh)

Millatlar ligasi. Ispaniya terma jamoasi Chexiyani mag‘lub etdi, Yamal gol urdi (videosharh)

Evropa millatlar ligasi «A» divizioni 3-guruhida 3-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Ispaniya terma jamoasi Chexiyani 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal hisobni ochdi. 35-daqiqada yarim himoyachi Rodri ispanlarning ustunligini ikki to‘pga yetkazdi.

Chexiya 69-daqiqada Irji Slamaning goli evaziga farqni qisqartirdi. Biroq 85-daqiqada Chexiya kapitani Ladislav Kreychi ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.

Ispaniyaliklar son jihatidan ustunlikdan unumli foydalanib, 89-daqiqada Mikel Merinoning goli bilan yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:1.

Shu tariqa, Ispaniya 3 ta uchrashuvdan so‘ng 9 ochko jamg‘arib, 3-guruh peshqadami bo‘lib turibdi. Chexiya esa ochko jamg‘ara olmagan holda 4-o‘rinda bormoqda.

Millatlar ligasi, «A» divizioni, 3-guruh, 3-tur
3 oktyabr, Ovyedo, «Nuevo Karlos Tartyere»
Ispaniya — Chexiya 3:1
Gollar
: Yamal, 6; Rodri, 35; Merino, 89 — Slama, 69.
Chetlatish: Kreychi, 85.

Kiritildi: Bugun 07:55. O'qildi: 350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!