Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Milan Olimpiadasi byudjeti 1,9 milliard dollarga yetdi

Milan Olimpiadasi byudjeti 1,9 milliard dollarga yetdi

2026 yilda Italiyaning Milan shahrida o‘tkaziladigan qishki Olimpiada o‘yinlari byudjeti 1,9 milliard dollarga ko‘tarildi.

“Report”ning xabar berishicha , ma’lumot o‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi tomonidan tarqatilgan.

Byudjet oldindan e’lon qilingan ko‘rsatkichga nisbatan 112 million dollarga oshgan. Bundan tashqari, byudjetda Kortina-d’Ampezzodagi bobsley trassasi (131 million AQSh dollari) va Milanda yangi xokkey arenasi (300 million AQSh dollari), shuningdek, avtomobil va temir yo‘llar qurilishi uchun mablag‘lar kiritilmagan.

Italiya hukumati infratuzilmani rivojlantirish uchun qo‘shimcha 1 milliard dollar ajratadi.

Kiritildi: 00:29 14.04.2025. O'qildi: 853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!