"Milan" hujumchisi Olivye Jiru faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Luka Byankinning xabariga ko‘ra, 37 yoshli fransuz kelasi mavsumda Nyu-York yoki Los-Anjeles klublaridan biriga o‘tishi mumkin.
Jiru 2021 yildan beri "Milan"da o‘ynaydi. U joriy mavsum "qizil-qoralar" safida 35ta o‘yinda maydonga tushib, 14ta gol va 9ta assist qayd etdi.
Jiru bunga qadar "Chelsi", "Arsenal", "MonpelYE", "Tur" va "Grenobl" safida o‘ynagan.