Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Microsoft iPhone uchun App Store'ning analogini yaratmoqchi

A A A
Microsoft iPhone uchun  App Store'ning analogini yaratmoqchi

Microsoft o‘zining iOS va iPadOS uchun o‘z bozorini yaratishni rejalashtirmoqda, u Apple kompaniyasi Yevropa Ittifoqining raqamli bozorlar to‘g‘risidagi qonuni talablariga rioya qilganda va sanab o‘tilgan qurilmalar foydalanuvchilariga uchinchi tomon manbalaridan dasturiy ta’minotni yuklab olish imkonini berganida iPhone va iPad uchun o‘yinlar va ilovalarni sotadi. Bu haqda Bloomberg agentligi Microsoft’ning o‘yinlar bo‘limi rahbari Fil Spenserning so‘zlariga asoslanib xabar bermoqda.

"Bu strategiyamizning muhim qismi bo‘lib, biz bugun faol ishlamoqdamiz. Shu bilan birga, biz ushbu loyihani mobil qurilmalarda dasturiy ta’minotni monetizasiya qilish uchun ko‘proq imkoniyatlarni ko‘rishni xohlaydigan hamkorlar bilan muhokama qilmoqdamiz" - dedi Spenser.

Microsoft top-menejeri App Store muqobili aynan qachon ishga tushirilishiga aniqlik kiritmadi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, bu "bir necha yilni" talab qilmaydi.

"Menimcha, bu tezroq sodir bo‘ladi", deya qo‘shimcha qildi u.

Bloombergning fikricha, Microsoftning iOS uchun bozorini chiqarish kelasi yilning boshida bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, Apple 2024 yil 6 martgacha Yevropa Ittifoqi talablariga javob berishi kerak.

Kiritildi: 20:02 03.12.2023. O'qildi: 1346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!