Ushbu “mib.uz ” sayti orqali fuqarolarimiz - kommunal sohadagi hamda sudlar va boshqa organlar qarorlari bo‘yicha qarzdorliklarni tekshirish, ijro ishi yuritishning barcha bosqichlarini kuzatib borish, shuningdek, xorijga chiqish uchun cheklovlar haqidagi ma’lumotlarni bilib olishlari mumkin !
Bundan tashqari, Byuro davlat ijrochilari ish yurituvidagi sud va boshqa organlarning qarorlari ijro etilishi jarayonini kuzatib bormoqchi bo‘lsangiz, “INTERAKTIV XIZMATLAR” sahifasidagi “Ijro monitoringi” blogidan bilib olish mumkin.
Respublika hududidan chetga chiqish huquqi cheklangan yoki cheklanmaganligi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, ushbu saytning “INTERAKTIV XIZMATLAR” sahifasidagi “Respublikadan chiqishga cheklov” blogi orqali bilib olasiz. Shuningdek, oylik aliment miqdorlari haqidagi ma’lumotlar “Alimentlar kalkulyatori” blogida joylashtirilgan.
Unutmaslik kerakki, fuqarolarimizga qarzdorliklarni aniqlash, ijro hujjatlari jarayoni bilan tanishish hamda xorijga chiqish uchun TAQIQlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu sayt orqali BEPUL, TEZKOR va SHAFFOF tarzda olish imkonini beradi.