Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

MIB: "Umra" va "Haj" safarlariga yuborishni va’da qilgan firibgarlardan jabrlangan fuqarolarga zarar mablag‘lari undirib berilmoqda

MIB: "Umra" va "Haj" safarlariga yuborishni va’da qilgan firibgarlardan jabrlangan fuqarolarga zarar mablag‘lari undirib berilmoqda

MIB Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan hozircha 243 nafar fuqarolarga mablag‘lar undirib berilgan.

Keyingi vaqtlarda ziyorat safarlariga olib borishni va fuqarolarimizga yetarli sharoitlarda sayohat tashkil qilishni reklama qilayotgan turfirmalardan jablanayotganlar haqida eshitib qolmoqdamiz.

Lekin, firibgar bu kabi turfirma yoki fuqarolarga qanday choralar ko‘rilmoqda, umuman olganda fuqarolar o‘z pullarini qaytarib olishmoqdami?

MIB Axborot xizmati rahmari Farrux Toshpulatov fikricha, sud qarort bilan korxona yoki fuqarolardan belgilangan zarar va jinoiy jarima yoki kompensasiya pullarini undirish choralari ko‘rilmoqda.

Masalan, MIB Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituviga, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining ijro varaqasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi tegishli bandi va boshqa moddalari bilan sudlangan F.A.dan undiruvchilar 695 nafar fuqarolarning foydasiga jami 22 mlrd. 931 mln. 234 ming pul mablag‘larini undiruvchilar foydasiga proportsional tartibda taqsimlab qaytarish to‘g‘risidagi ijro hujjati 30.04.2025 yilda kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan hozirda 695 nafar undiruvchilardan 350 nafardan ziyod undiruvchilar arizalar bilan murojaat qilib, bo‘lim depozit hisob raqamida saqlanayotgan 16.769.743.079 so‘m pul mablag‘laridan, 243 nafariga 6.029.525.702 so‘m pul mablag‘lari fuqarolarning hisob raqamlariga o‘tkazib berilgan

Shuningdek, 452 nafar fuqarolar tomonidan tegishli hisob raqamlar taqdim qilingandan so‘ng arizalari asosida pul mablag‘lari o‘tkazib berilishi ta’minlanadi.

Kiritildi: 15:33 09.05.2025. O'qildi: 747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!