Evrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen kelgusi haftani Ukraina kelajagi uchun hal qiluvchi deb atadi.
Bu haqda u Rimda AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens bilan muzokaralar chog‘ida aytib o‘tdi.
Ursula fon der Lyayen Vashington mojaroni to‘xtatish tarafdori ekanini ta’kidlab, buning uchun AQShga minnatdorlik bildirdi.
"Hozir, albatta, oldinga siljishimiz muhim va o‘ylaymanki, keyingi hafta bu borada hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi," - deya uning so‘zlarini keltiradi La Repubblica.