Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

MIB, soliq, bojxona xodimlari pora bilan ushlandi

MIB, soliq, bojxona xodimlari pora bilan ushlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, Majburiy ijro byurosining Qibray tuman bo‘limi davlat ijrochisi fuqaroning kredit qarzdorligi sababli xatlovga olingan mol-mulkini auksion savdolarga chiqarmaslik hamda unga nisbatan o‘zining ish yurituvida bo‘lgan ijro ishini tugatib berish evaziga 5 ming AQSh dollari talab qilib, muqaddam 2 ming AQSh dollari oladi.

Lekin, davlat ijrochisi qolgan 3 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda davlat ijrochisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zangiota tumanida kuzatilgan holatda, tuman soliq inspeksiyasining sho‘’ba boshlig‘i vazifasini bajaruvchi shaxs qurilish mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oilaviy korxonaning faoliyatiga rahnamolik qilish va 1 yil davomida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga 1200 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Keyingi holatda esa Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining «Yallama» chegara bojxona posti inspektor-surishtiruvchisi taqiqlangan tovarlarni tadbirkor tomonidan mamlakatimizga olib kirish bo‘yicha sodir etilgan huquqbuzarlikni sudda ko‘rib chiqilishi jarayonida mansabdor tanishlari orqali unga yengillik yaratib berish va ushbu tovarlarni O‘zbekistondan qaytarib olib chiqib ketishida yordam berish evaziga 1000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida bojxona inspektori mazkur masalada ko‘maklashish uchun muqaddam 300 AQSh dollari olganligi ham ma’lum bo‘ldi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 01:00 06.11.2024. O'qildi: 853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!