Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

MIB bayonoti: Samarqand shahar MIB xodimlarining bayram kunlari hamda mehnat ta’tilida ham ishlayotgani rostmi?

MIB bayonoti: Samarqand shahar MIB xodimlarining bayram kunlari hamda mehnat ta’tilida ham ishlayotgani rostmi?

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi 9 sentyabr, dushanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda «MIB xodimlari: bayram kunlari, hatto mehnat ta’tilida ham ishlamoqdamiz» sarlavhali material yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

«Mazkur xabarda byuroning Samarqand shahri bo‘limi xodimlari nomidan ish vaqti chegaralanmagani, soat 07:00 dan kechki 24:00 gacha qadar va bayram kunlari ham ishlayotgani, tez-tez yig‘ilishlar o‘tkazilishini, hatto mehnat ta’tilidagilar ham ishga chiqishga majburligini, rahbariyatning mehnat qonunchiligiga rioya qilmasligi bayon qilingan.

O‘rganish davomida byuroning Samarqand viloyati boshqarmasi hamda tuman-shahar bo‘limlarida 1145 nafar xodim, birgina Samarqand shahri bo‘limida 200 nafar xodim faoliyat ko‘rsatib kelishi, xodimlarning kunlik ish vaqti soat 09:00 dan soat 18:00 ga qadar davom etishi, belgilangan vaqtdan tashqari ishlashiga, shuningdek, shanba va yakshanba kunlari ishga chiqishiga yo‘l qo‘yilmasligi, xodimlarning shanba va yakshanba kunlari ishlashi faqatgina ularning roziligi asosida amalga oshirilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Sababi, aholining ish bilan band bo‘lgan qatlami shanba va yakshanba kunlari xonadonlarida bo‘lishi, priborlarni ko‘zdan kechirish hamda hisob-kitoblarni amalga oshirishda ularga yanada qulaylik yaratish inobatga olingan.

Bunday holatlarda xodimlarning shanba-yakshanba va dam olish kunlari o‘z xohishi bilan ishlagani uchun boshqa dam olish kuni (otgul) berilishi yoki ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish soatlariga teng keladigan miqdorda otgul berish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, byuroning Samarqand viloyati boshqarmasi tizimida xizmat qilayotgan xodimlarning alohida xizmat o‘tash sharoitlari inobatga olinib, ularga nisbatan tegishli ijtimoiy muhofaza choralari, dam olish, moddiy ahvolini yaxshilash, mehnat ta’tilini olish va tibbiy xizmatdan bepul foydalanish huquqlari kafolatlangan.

Birgina, joriy yilning 31 avgust kuni mustaqillik bayrami munosabati bilan Samarqand shahri bo‘limi xodimlarining 10 nafarga yaqini rag‘batlantirildi.

Hozirga qadar bo‘lim xodimlarining 112 nafari mehnat ta’tiliga chiqishi ta’minlangan.

Hozirda bo‘limda xodimlarning ish samaradorligini yaxshilash, ularga yanada qulaylik yaratish hamda mehnat sharoitlarini oshirish choralari ko‘rilmoqda», — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 21:47 11.09.2019. O'qildi: 1807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!