Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

MIB Andijondagi 5 yarim milliard so‘mlik savdo markazi sotuvga qo‘ydi

MIB Andijondagi 5 yarim milliard so‘mlik savdo markazi sotuvga qo‘ydi

Yurtimizda tadbirkorlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Lekin, ayrim tadbirkorlarning biznes rejalari ish bermay, bankdan olingan kreditlar sud tartibida undirilmoqda.

Byuro organlari ish yurituvidagi banklar foydasiga hal qilingan sud qarorlari ijrosini ta’minlash nazoratga olingan bo‘lib, bu borada muayyan ishlar qilinmoqda.

Masalan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 13.01.2024 yildagi ijro hujjatiga asosan undiruvchi “ZIRAAT BANK UZBEKISTAN” AJ foydasiga qarzdor “D.K.Nigina” mas’uliyati cheklangan jamiyati hisobidan jami 6 mlrd. 909 mln. so‘m undirish belgilangan. Ijro varaqasida undiruv garovdagi Andijon shahrining Buyuk Turon ko‘chasida joylashgan savdo markazi bino-inshootlariga qaratilishi ham qayd etilgan.

Byuro xodimlari tomonidan qarzdorlikni bartaraf qilish uchun qonunchilikka muvofiq qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsa-da, ijro hujjati talablari bajarilmagan.

Shunga ko‘ra, ijro harakatlari davomida ijro hujjatida undiruv qaratilishi belgilangan savdo markazi binosi tegishli tartibda xatlandi.

Qarzdorlik bartaraf qilinmagani sababli mazkur bino elektron savdo maydonchasi orqali sotish maqsadida kimoshdi savdolariga chiqarildi. Bioning boshlang‘ich narxi esa 5 mlrd. 500 mln. so‘m etib belgilandi.

Hozirda, ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Sarvarbek G‘aniyev,

Byuroning Andijon shahar bo‘limi davlat ijrochisi

Kiritildi: 23:21 14.06.2024. O'qildi: 1149 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!