Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Meva-sabzavot eksportiga bee’tibor bo‘lgan tuman hokimlariga qat’iy e’tiroz bildirildi

A A A
Meva-sabzavot eksportiga bee’tibor bo‘lgan tuman hokimlariga qat’iy e’tiroz bildirildi

Prezident raisligida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investisiyalar va eksportni ko‘paytirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda 1 million gektar g‘alladan bo‘shaydigan maydon, 508 ming gektar aholi tomorqasi, 260 ming gektar odamlarga bo‘lib berilgan yerlar imkoniyatidan to‘liq foydalanilmayotgani qayd etildi.

Masalan, 16 ta tuman umuman meva-sabzavot eksport qilmagan. Yoki, paxta ekmaydigan 28 ta tumanda eksport ko‘rsatkichlari qoniqarsiz. Ushbu tumanlarda mahsulot yetishtirish, saqlash, saralash va sotish bo‘yicha eksportchilar hamda dehqonlar o‘rtasida kooperasiya tizimli yo‘lga qo‘yilmagan.

Shu munosabat bilan meva-sabzavot eksportiga bee’tibor bo‘lgan tuman hokimlari, qishloq xo‘jaligi va eksport bo‘yicha o‘rinbosarlariga qat’iy e’tiroz bildirildi.

Bu yil hududiy dasturlar doirasida respublika bo‘yicha oziq-ovqat yo‘nalishida 833 million dollarlik 528 ta loyihani ishga tushirish reja qilingan. Lekin, 14 ta tumanda oziq-ovqat bo‘yicha birorta loyiha yo‘qligi tanqid qilindi.

Kiritildi: 17:17 18.03.2024. O'qildi: 1189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!