Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Meta kompaniyasi SI yordamida tasvirlar yaratish uchun Instagram’dagi ochiq akkauntlar fotosuratlaridan foydalanishga ruxsat berdi

Meta kompaniyasi SI yordamida tasvirlar yaratish uchun Instagram’dagi ochiq akkauntlar fotosuratlaridan foydalanishga ruxsat berdi


Gap kompaniyaning tasvirlarni yaratish va tahrirlashga mo‘ljallangan yangi servisi — "Muse Image" haqida bormoqda. Ushbu servis 7 iyul kuni taqdim etildi. Generator sun’iy intellekt yordamida matnli tavsif asosida suratlar yaratadi va tayyor fotolarni tahrirlaydi.

"Wired" va "Gizmodo" nashrlarining qayd etishicha, ushbu servis tasvir yaratishda Instagram’dagi boshqa foydalanuvchilarning ochiq profillaridagi suratlaridan ham foydalanishi mumkin.

Buning uchun so‘rov yuborilayotganda o‘sha insonni belgilash kifoya va Meta AI generasiya jarayonida uning profilidagi fotosuratlarni, jumladan, yuzi aks etgan tasvirlarni ishlatadi. Bunda asl suratlar muallifiga bunday generasiyalar haqida hech qanday bildirishnoma bormaydi.

Masalan, "Gizmodo" muallifi hech kimdan so‘ramay, o‘z do‘stlari va hatto Meta rahbari Mark Sukerberg ishtirokida SI-tasvirlarni yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

O‘z suratlaringizdan foydalanishni taqiqlab qo‘yish imkoniyati mavjud, buni profil sozlamalari orqali amalga oshirish mumkin.

Meta kompaniyasining o‘zi esa "Muse Image" servisiga kompaniya qoidalarini buzuvchi tasvirlarni yaratishni taqiqlovchi "himoya mexanizmlari o‘rnatilganini" ma’lum qildi.

Kiritildi: 20:28 08.07.2026. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!