O‘tgan yil davomida O‘zbekistonda 63 ta elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniya 115,8 mlrd so‘mlik soliq to‘lagani ma’lum qilindi. Ulardan soliq tushumlari miqdori 2023 yildagiga nisbatan 1,5 baravarga o‘sgan.
2024 yilda O‘zbekistonga soliq to‘lash bo‘yicha TOP-10 quyidagicha:
🔹Meta - 41,7 mlrd so‘m;
🔹Google - 29 mlrd so‘m;
🔹Apple - 27,3 mlrd so‘m;
🔹Amazon - 4,1 mlrd so‘m;
🔹Vooking.som - 3,6 mlrd so‘m;
🔹Netflix - 1,4 mlrd so‘m;
🔹Zoom - 1,4 mlrd so‘m;
🔹Acca - 1,2 mlrd so‘m;
🔹Xsolla - 966,7 mln so‘m;
🔹TikTok - 903 mln so‘m.