Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

NYT: Tramp AQShning Rossiyaga nisbatan siyosatida 180 darajali burilishni amalga oshirmoqda

NYT: Tramp AQShning Rossiyaga nisbatan siyosatida 180 darajali burilishni amalga oshirmoqda

Qo‘shma Shtatlar prezidenti matbuot anjumanida Ukraina va Volodimir Zelenskiyni qattiq tanqid qilib, ularni urushni boshlashda aybladi, saylovlar o‘tkazilishini talab qildi, biroq Rossiyaning bosqin uchun javobgarligi haqida hech narsa demadi. U, shuningdek, kelishuvga erishish uchun Putindan hech qanday maxsus yon berishlarni talab qilmadi.

"Tramp Qo‘shma shtatlar tashqi siyosatida so‘nggi davrlardagi eng hayratlanarli burilishlardan birini amalga oshirmoqda. Bu 180 darajali burilish AQShning do‘stlar va dushmanlarini asosiy munosabatlarda o‘z qarashlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri AQSh prezidentlari avval Sovet Ittifoqiga, so‘ngra uning vorisi hisoblanuvchi Rossiyaga ehtiyotkorlik bilan yondashgan. Tramp esa Rossiyani kelajakdagi hamkorlik loyihalarida sherik sifatida ko‘rishga harakat qilmoqda", deb yozadi NYT.

Nashrga ko‘ra, Trampning atrofidagilar bu burilishni "ko‘p yillik noto‘g‘ri siyosatning zaruriy tuzatilishi" deb hisoblashadi. Ularning fikricha, AQSh o‘z kuch va resurslarini Yevropani himoya qilishdan Xitoyga qarshi kurashga yo‘naltirish kerak.

Kiritildi: 18:55 19.02.2025. O'qildi: 1875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!